Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Armaniston bilan munosabatlarni normallashtirish jarayonida taraqqiyot kuzatilmoqda, - Ilhom Aliyev

A A A
Armaniston bilan munosabatlarni normallashtirish jarayonida taraqqiyot kuzatilmoqda, - Ilhom Aliyev

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ikkinchi Shusha global media forumida «Yolg‘on rivoyatlarni fosh qilish: dezinformasiyaga qarshi kurash» mavzusida nutq so‘zladi.

Aliyevning aytishicha, Armaniston bilan munosabatlarni normallashtirish jarayonida oldinga siljish kuzatilmoqda: “Tashqi ishlar vazirining menga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, matnning 80-90 foizi allaqachon kelishilgan. Armaniston undan [Qorabog‘ga oid] qoida va atamalarni olib tashlashga majbur bo‘ldi, bu esa normallashtirish jarayonini yanada rivojlantirishga yo‘l ochdi.

Biroq Aliyevning qayd etishicha, hozirda ikkita savol ochiq qolmoqda: «Birinchidan, Armaniston bizning taklifimizga ijobiy javob berishi kerak. Ikkinchidan, Armaniston ham, Ozarbayjon ham YEXHTga Minsk guruhini tarqatib yuborish talabi bilan birgalikda murojaat qilishlari kerak, chunki bu guruh so‘nggi ikki yil davomida deyarli faol emas».

Kiritildi: 22:03 21.07.2024. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!