Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari o‘ziga zarar keltirishi mumkin – ekspert

AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari o‘ziga zarar keltirishi mumkin – ekspert

AQSh Kongressining Qonunchilik palatasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish o‘z ichiga olgan, kelgusi yil mudofaa byudjetini tasdiqladi.
Kongressmenlar, xususan, “Shimoliy oqim-2”gaz quvuriga qarshi yangi cheklovlarni, shuningdek Rossiyaning suveren qarziga nisbatan cheklovlarni hamda 35 nafar Rossiya fuqarolariga qarshi sanksiyalarni tasdiqlashdi.
Yangi qonun Senat tasdig‘idan o‘tganidan so‘ng va prezident Jo Bayden imzolaganidan so‘ng kuchga kiradi.
Siyosiy ekspertlar va maslahatchilar assosiasiyasi a’zosi, MGIMO siyosiy nazariya fakulteti dosenti Kirill Koktish xulosasiga ko‘ra, ushbu sanksiyalar Rossiyadan ko‘ra AQSh o‘ziga ko‘proq zarar yetkazishi mumkin. Bu ayniqsa Rossiya suveren qarziga oid cheklovlarga taaluqli.
“Albatta, cheklovlar turlicha bo‘lishi mumkin, jumladan Rossiyani SWIFT xalqaro to‘lovlar tizimidan o‘chirishgacha, Lekin kompaniyaning o‘zi Rossiyani to‘lov tizimidan o‘chirish haqida gap ketmayotganini tasdiqlamoqda va buni shunchaki po‘pisa deb atamoqda.

“Albatta, hech qanday biznes o‘z mijozlarini yo‘qotishni istamaydi, bu ularning obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eronga ana shunday sanksiya qo‘llanilganida oqibati nima bo‘lganini hamma yaxshi eslaydi. Bunday choralar AQShning o‘ziga ko‘proq zara keltiradi. AQShning dollarga asoslangan iqtisodiy ta’sir hududini qisqartirib, davlatlarni xalqaro-hisob kitoblarda kriptovalyuta yoki boshqa xorijiy valyutaga o‘tishga undashi mumkin, - deydi Koktish.
Ma’lumot uchun, AQShning 2022 yilgi mudofaa byudjetining qiymati 780 milliard dollarni tashkil qiladi. Rossiyaga qirshi kiritlgan sanksiyalar ushbu ulkan mablag‘ oldida hech narsa bo‘lmasa-da, asosiysi uning psixiologik effekti, deydi mutaxassis.
“AQSh hududidan tashqarida joylashgan davlatga sanksiya kiritish bilan ular faqat bir narsani ko‘zlagan – butun dunyo hamjamiyatiga yana bir bor o‘zlarining “kuchini” ko‘rsatib qo‘yish, ularning ichki qonunlari dunyoning boshqa joyiga ham o‘tishiga da’vo qilishdir. Lekin Rossiyaning yirik davlat arboblari, biznesmen va jurnalistlariga qarshi biror real chora ko‘rishi mushkul”, - deydi Koktish.
“Nima bo‘lganda ham hozircha bir bunday “uslub”ning AQSh foydasiga ishlayotganini ko‘rishimiz mumkin, - deydi ekspert. Masalan, AQSh sanksiyalaridan so‘ng Shveysariyaning quvur yotqizuvchi kompaniyasi “Shimoliy oqim-2”, loyihasidan chiqdi va Rossiya gaz quvurini o‘z kuchi bilan qurib bitkazishga to‘g‘ri keldi. Buning oqibatda loyiha 1 yilga kechikdi”.

Kiritildi: 22:39 24.09.2021. O'qildi: 3468 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!