Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

AQShda chaqmoq mamlakatning eng katta bayrog‘ini o‘rtasidan yirtib yubordi

AQShda chaqmoq mamlakatning eng katta bayrog‘ini o‘rtasidan yirtib yubordi

AQShning Viskonsin shtatida o‘rnatilgan mamlakatning eng katta milliy bayrog‘i chaqmoq urgandan keyin o‘rtasidan yirtilib ketdi. 

Heavy portalining xabar berishicha, AQShning bir qator shtatlarida oxirgi kunlarda yomon ob-havo hukm surmoqda. Kuchli momaqaldiroq va shamol 30 mingdan ko‘proq uyni elektr ta’minotisiz qoldirgan. Shu jumladan, AQShning eng katta bayrog‘iga ham zarar yetgan.

Acuity Insurance deb nomlangan ushbu bayroqning o‘lchami 21 metrga 42,6 metrni, og‘irligi 154 kgni tashkil qiladi. U  Sheboygan sharsharasi yaqinida 30 metr balandlikda AQSh armiyasida halok bo‘lgan mahalliy aholi xotirasiga hilpirab turadi. 

Kiritildi: 11:55 05.06.2020. O'qildi: 3442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!