AQSh yaqin kunlarda Venesuelaga qarshi operasiyalarning yangi bosqichini boshlashi mumkin, variantlar orasida Maduroni ag‘darishga urinish ham bor.
Bu haqda Reuters agentligi amerikalik amaldorlarga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hali aniq muddatlar va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ko‘lami belgilab berilmagan. Shuningdek prezident Donald Tramp yakuniy qaror qabul qilgani yoki yo‘qiligi ham noma’lum.
Reuters'ga ko‘ra, AQShning Fuqarolik aviasiyasi federal boshqarmasi Venesuela havo hududida parvozlar xavfli ekani haqida ogohlantirganidan keyin, uchta xalqaro aviakompaniya reyslarini bekor qilgan.