Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh yadroviy tiyib turish strategiyasini o‘zgartirishga qaror qildi — Pentagon

AQSh yadroviy tiyib turish strategiyasini o‘zgartirishga qaror qildi — Pentagon

"Ko‘plab yadroviy dushmanlar Qo‘shma Shtatlar, uning ittifoqchilari va hamkorlari xavfsizligiga tahdid qilmoqda, shu sababli yadro strategiyasini o‘zgartirish zarur edi", deyiladi Pentagon bayonotida

AQSh Mudofaa vazirining yadro va ommaviy qirg‘in qurollari siyosati bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Richard Jonson buni Xitoy va Rossiyaning yadroviy salohiyati ortib borayotgani hamda yadroviy qurollarni nazorat qilish bo‘yicha kelishuvlar yo‘qligi nuqtai nazaridan yadroviy tiyib turish vositasi ekanini bildirdi.

"2030 yillarga tayyor bo‘lish uchun biz yadroviy kuchlarimizni, qo‘mondonlik va boshqaruv tizimini va infratuzilmani modernizasiya qilishimiz kerak, bu bizga moslashuvchan bo‘lish va yangi chaqiriqlar, tahdidlar yoki o‘zgarishlarga moslashish imkonini beradi. Shuningdek, o‘zgarishlar doirasida qit’alararo ballistik raketalar uchiradigan yadroviy suvosti kemalarining tayyorgarligi oshirilgan", — deya ta’kidladi AQSh Strategik barqarorlik qo‘shma shtabi direktori o‘rinbosari Grant Shnayder.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!