Vashington Pekinning Tayvan atrofidagi harbiy mashqlaridan jiddiy xavotirda va vazminlikka chaqirmoqda.
Bu haqda Davlat departamenti ma’lum qilgan.
"Qo‘shma Shtatlar Xalq Ozodlik Armiyasining Tayvan bo‘g‘ozi va Tayvan atrofidagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlaridan jiddiy xavotirda. Biz XXRni vazminlik bilan harakat qilishga va Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadigan har qanday boshqa harakatlardan qochishga chaqiramiz. Bu mintaqaviy tinchlik va farovonlik uchun muhim va xalqaro tashvishga sababdir”, deyiladi bayonotda.
Davlat departamenti Qo‘shma Shtatlar Xitoyning harakatlarini kuzatishda davom etishini va ittifoqchilar va hamkorlar bilan muvofiqlashtirishni ta’kidladi.
Bayonotda, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar “uzoq yillik yagona Xitoy siyosatiga sodiq qolishi” qayd etilgan.
Xabar qilinganidek, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Sharqiy jangovar qo‘mondonligi dushanba kuni Tayvan bo‘g‘ozida, shuningdek, shimol, janub va sharqda armiya, dengiz floti, havo kuchlari va raketa kuchlari ishtirokida “Qo‘shma o‘tkir qilich 2024B” mashqlarini boshladi.