Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

AQSH-Xitoy mojarosi Rossiyaga foyda keltirishi ma’lum bo‘ldi

AQSH-Xitoy mojarosi Rossiyaga foyda keltirishi ma’lum bo‘ldi

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo qarama-qarshiligi Rossiya uchun foydali bo‘lishi mumkin. Bunday xulosaga Rossiya tashqi ishlar bo‘yicha Kengashi, Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq instituti va Fudan universitetining Xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan tayyorlangan "Rossiya-Xitoy dialogi: Model 2020" ma’ruzasi mualliflari keldilar. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bunday vaziyatda Moskva va Pekin hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarga ega. Bu birinchi navbatda an’anaviy uglevodorod xom ashyosini Xitoyga eksport qilish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga taalluqlidir. Shuningdek, mamlakatlar texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, iyun oyining oxirida, Xitoy AQShga savdo urushini boshlash tahdidi haqida ogohlantirgan. Xitoy hukumati AQShning Gonkong va Tayvan masalasiga aralashuvini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan voqea deb hisoblaydi.

Yil boshida ikki davlat o‘rtasida savdo bitimi imzolandi. Xitoy kelishuvning birinchi yilida AQSh mahsulotlarini sotib olishni 76,7 milliard dollarga va ikkinchi yil davomida 123,3 milliard dollarga oshirishga rozi bo‘ldi. Ushbu bitim tufayli savdo defisitini kamaytirish mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 10:40 07.07.2020. O'qildi: 3747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!