Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Venesuelaga harbiy hujum qiladimi?

AQSh Venesuelaga harbiy hujum qiladimi?

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela hududiga zarba berish haqida o‘ylamasligini aytdi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

"Yo‘q", dedi Tramp Air Force One bortida jurnalistlarga Venesuela hududiga hujum qilish rejalari haqidagi savolga javob berar ekan.

Tramp, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar yer osti yadro sinovlarini qayta tiklaydimi, degan savolga bevosita javob berishdan bosh tortdi.

"Buni tez orada bilib olasiz", dedi Tramp jurnalistlarga.

Payshanba kuni AQSh prezidenti amerikalik harbiylarga 33 yillik tanaffusdan so‘ng yadroviy qurol sinovlarini zudlik bilan tiklashni buyurganini e’lon qildi.

Kiritildi: 08:00 01.11.2025. O'qildi: 1127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!