Axios xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida muddatni uzaytirish imkoniyati bo‘lgan memorandum muhokama qilinmoqda.
Kelishuv davrida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilishi, uni minalardan tozalash bilan esa Eron shug‘ullanishi mumkin.
Shuningdek, AQSh Eron portlariga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatishi va sanksiyalarning bir qismini bekor qilishi aytilmoqda.
Hujjatda Tehronning yadro quroli yaratishdan voz kechishi hamda uranni boyitish dasturi bo‘yicha muzokaralar olib borishi ham nazarda tutilgan.