Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning boshqa bayonotlari:
– Agar suhbatda Moskvaga yetkazilishi kerak bo‘lgan yangiliklar bo‘lsa, AQSh muzokarachilari Rossiyani bu haqda tezkor xabardor qiladi;
– Hozircha Putin va Tramp o‘rtasida telefon suhbati kun tartibida yo‘q;
– YEI davlatlari Ukraina inqirozini tartibga solishda vositachilik qilishga hali tayyor emas;
– AQShning Ukraina bo‘yicha vositachilik jarayoni to‘xtab turibdi, biroq Vashington Moskva va Kiyev bilan aloqada;
– Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning Rossiyaga kelish sanasi aniq emas, ammo Moskva ularni har doim kutib olishga tayyor;
– Moskva Armanistondagi saylovlarning rasmiy natijalarini kutib, keyin tabriklashni ma’qul ko‘rmoqda;