Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh Turkiyadan yadroviy qurolni olib chiqishni muhokama qildi

AQSh Turkiyadan yadroviy qurolni olib chiqishni muhokama qildi

O‘tgan dam olish kunlari AQSh davlat departamenti va AQSh energetika vazirligi vakillari Turkiyadagi AQShning Injirlik aviabazasidan 50 ga yaqin yadroviy qurolni olib chiqib ketish masalasini muhokama qildi, deb xabar berdi The New York Times nashri.

Nashr manbasi ushbu qurollar aslida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan garovga olingani, ularning aviabazadan olib chiqib ketilishi AQSH-Turkiya hamkorligining amalda tugashini bildirishini ta’kidlagan.

"O‘ylashimcha, yadroviy qurolga ega bo‘lgan AQSh artilleriyani amerikancha usul bilan o‘qqa tutmoqda", deydi James Martin Center notijorat markazi vakili Jeffi Lyuis. 
Turkiya 9-oktyabr kuni Suriyaning shimoli sharqida harbiy operasiya boshladi. Anqara AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Kurd xalqining o‘zini o‘zi himoya qilish kuchlari va Suriya demokratik kuchlarini mamlakat chegarasidan quvib chiqarish va u yerda xavfsizlik zonasini yaratishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Operasiyalar boshlanganidan ikki kun o‘tib Pentagon Amerika harbiylari Kobani shahri atrofida AQSh harbiylari Turkiya tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Anqara esa bunga javoban amerikaliklarga emas, balki avvalroq turklar o‘qqa tutilgan jangarilarga qarata o‘q uzilganini aytdi. AQSh harbiylarining birortasi jabrlanmagani xabar qilindi.

15 oktyabr kun AQSh Turkiya Mudofaa vazirligi va Energetika vazirligiga, shuningdek, ushbu vazirliklarning rahbarlari Hulusi Akar va Fatih Donmazga qarshi sanksiyalar e’lon qildi. Ichki ishlar vazirligi rahbari Sulaymon Soilu ham qora ro‘yxatga kiritilgan. Vashington chngi cheklovlarni Suriyaning shimolidagi turk harbiylarining harakatlari bilan izohlagan.
ca-news.org

Kiritildi: 16:21 15.10.2019. O'qildi: 2518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!