Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Tayvanga 571 million dollar harbiy yordam ajratdi

AQSh Tayvanga 571 million dollar harbiy yordam ajratdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Tayvanga 571,3 million dollar harbiy yordam ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.

Bu haqda Oq uy tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi. Prezident Bayden o‘z bayonotida shunday dedi:

"Prezident sifatida menga berilgan vakolatga ko‘ra, men Davlat kotibiga ushbu mablag‘dan foydalanishni topshiraman".

Qayd etilishicha, ushbu mablag‘lar AQSh Mudofaa vazirligi orqali mudofaa texnikasi, harbiy xizmat, shuningdek, harbiy ta’lim va kadrlar tayyorlashga sarflanadi.

Shu bilan birga, Xitoy Tayvanga qurol yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi 13 ta amerikalik ishlab chiqaruvchiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Xitoy bu harakatni Tayvanga nisbatan siyosatiga zid deb hisoblaydi va harbiy yordamni keskinlikni kuchaytiruvchi omil deb biladi.

Kiritildi: Bugun 14:20. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!