Administrasiya migrantlarni tezlashtirilgan tartibda deportasiya qilmoqchi edi. Hozirgacha bunday tezlashtirilgan deportasiya faqat chegarada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga olinganlarga nisbatan qo‘llanilardi. Yanvar oyida AQSh hukumati ushbu tartibni butun mamlakat hududiga kengaytirish va Shtatlarda kamida ikki yil bo‘lganini isbotlay olmaydigan barcha xorijliklarga nisbatan qo‘llashga qaror qilgan edi.
Biroq bu rejaning amalga oshishiga Vashingtondagi apellyasiya sudi to‘sqinlik qildi. Sud 22 noyabr kuni quyi instansiya qarori — tezlashtirilgan deportasiyani to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni kuchda qoldirdi. Quyi sud AQSh prezidenti Donald Tramp administrasiyasining rejalari bu jarayon ta’sir qilayotgan shaxslarning haqqoniy sud ish yuritilishi huquqini buzishi mumkinligini aytgan edi.
Hukumat sud qarori ustidan apellyasiya bergan. U 9 dekabr kuni ko‘rib chiqilishi kerak.