Qo‘shma Shtatlar Nafis san’at federal komissiyasi rahbari Rodni Mims Kuk Peterburg xalqaro iqtisodiy forumiga va Vladimir Putinning nutq chiqishiga taklif qilindi hamda unda ishtirok etish niyatida.
Bu haqda Mims Kukning o‘zi "RIA Novosti" agentligiga ma’lum qildi.
AQSh Davlat departamenti va forum tashkiliy qo‘mitasi Donald Tramp ma’muriyati rasmiy vakilining ishtirokini tasdiqladi. Kuk Nafis san’at komissiyasini 2026 yilning yanvar oyida boshqargan. U, shuningdek, AQSh Milliy yodgorliklar fondi asoschisi va rahbari hamda Butunjahon yodgorliklar fondining Rossiya bo‘yicha mutaxassisi hisoblanadi.
Avvalroq ushbu amerikalik mulozim Rossiyaning Vashingtongi elchixonasida nutq so‘zlagan hamda Kreml Qurol-aslaha palatasi, Yasnaya Polyana va Arxangelskoye qo‘rg‘onida arxitektura bo‘yicha ma’ruzalar o‘qigan. Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi 1997 yildan beri har yili Sankt-Peterburgda o‘tkazib kelinadi, uning tashkilotchisi "Roskongress" fondidir.