Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh qirg‘izistonliklar uchun vizalar muddatini 10 yilga uzaytirdi

A A A
AQSh qirg‘izistonliklar uchun vizalar muddatini 10 yilga uzaytirdi

AQSh hukumati Qirg‘iziston fuqarolariga Amerikaga ketish uchun beriladigan yangi sayyohlik va ishchi vizalarining amal qilish muddatini 5 yildan 10 yilgacha uzaytirdi, deb yozadi akchabar.kg.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston pasporti egalari uchun B1, B2 va B1/B2 vizalarini olishga ariza berganlik uchun undiriladigan 20 dollarlik to‘lov ham bekor qilindi.

“Ushbu o‘zgarishlar qirg‘iz xalqi uchun xizmatlarni yaxshilash, mamlakatlarimiz o‘rtasida safarlarni soddalashtirish va aloqalarimizni yaxshilashga qaratilgan”, — dedi AQShning Qirg‘izistondagi elchisi Lesli Vigeri.

Yangi 10 yillik muddat 2024 yil 4 martdan boshlab berilgan B1, B2 va B1/B2 vizalariga nisbatan amal qiladi. Ta’kidlanishicha, yozda konsullik xizmatlari yanada rivojlantirilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:23 04.03.2024. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!