Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaning 4,65 milliard dollarlik qarzidan voz kechadimi?

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaning 4,65 milliard dollarlik qarzidan voz kechadimi?

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kongressni Ukrainaning 4,65 milliard dollarlik qarzidan kechishni rejalashtirayotgani haqida xabardor qildi.

Bu haqda Bloomberg agentligiga tegishli maktubga tayanib xabar bermoqda.

Bu miqdor aprel oyida tasdiqlangan 60 milliard dollarlik qo‘shimcha yordam paketi doirasida Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga bergan 9 milliard dollarlik kreditining yarmini tashkil etadi.

"Qarzdan kechish Ukrainaning g‘alaba qozonishiga yordam beradi. Bu, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar hamda uning Yevropa Ittifoqi, G7+ va NATO'dagi hamkorlari milliy manfaatlariga javob beradi", deyiladi maktubda.

Kiritildi: 16:12 21.11.2024. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!