Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Kongressining Vakillar palatasi byudjet loyihasini ma’qulladi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi byudjet loyihasini ma’qulladi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi byudjet loyihasini ma’qulladi.

Kongressning Quyi palatasi federal hukumatni moliyalashtirishni 2025 yil 14 martgacha uzaytiruvch murosali byudjet taklifi uchun ovoz berdi. Palataning 366 a’zosi uni yoqlab, 34 nafari qarshi ovoz berdi.

Endi hujjat Senat va uni imzolashga tayyor bo‘lgan prezident Jo Bayden tomonidan ma’qullanishi kerak.

Byudjet loyihasi yuzasidan bahslar AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp va u tomonidan Hukumat samaradorligi departamenti rahbari etib tayinlangan biznesmen Ilon Maskning loyiha tanqid qilinganidan keyin yuzaga kelgan edi. Shundan so‘ng Vakillar palatasidagi ayrim respublikachilar unga ovoz berishdan bosh tortdi.

Trampning asosiy talabi qarz chegarasini bekor qilish yoki hech bo‘lmaganda sezilarli darajada oshirish edi. 20 dekabr kuni kechqurun tasdiqlangan budjet loyihasi bunday talablarni nazarda tutmaydi.

Kiritildi: Bugun 14:00. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!