AQSh janubidagi Litl-Rok shahrida (Arkanzas shtati) savdo markazida otishma yuz berdi, uch kishi jarohat oldi.
Bu haqda mahalliy polisiyaga tayanib ABC News xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea juma kuni soat 13:44 atrofida Park Plaza savdo markazida sodir bo‘lgan.
"Polisiya xodimlari voqea joyiga yetib kelib, uch kishi yaralanganini aniqladi", — deyiladi departament xabarida.
Ularning aniqlik kiritishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlar hayot uchun xavfli emas. Litl-Rok meri kichik Frenk Skott voqeadan so‘ng bayonot berdi, jumladan, ikki kishi shahar aholisi farovonligini xavf ostiga qo‘ygan.