Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSH: Iordaniyani Suriyadan himoya qilamiz

AQSH: Iordaniyani Suriyadan himoya qilamiz

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) qo‘mondoni general Erik Kurilla Ammanda Iordaniya Bosh shtab boshlig‘i general-mayor Yusuf Huneyti bilan uchrashib, ikki tomonlama harbiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlar va Suriyadagi tez o‘zgaruvchan vaziyatni muhokama qildi.

General Kurilla AQShning joriy o‘tish davrida Suriyadan kelayotgan har qanday tahdidlarga qarshi Iordaniyani qo‘llab-quvvatlash majburiyatini yana bir bor tasdiqladi.

Ayni paytda AQSh prezidenti Jo Bayden ham Iordaniya qiroli Abdulla bilan muzokaralar olib bordi. Qo‘ng‘iroq yuzasidan Oq uy bayonotida «Prezident AQShning Iordaniya barqarorligini qo‘llab-quvvatlashini hamda Iordaniyaning Yaqin Sharqdagi barqarorlikni saqlash va keskinlikni kamaytirishdagi markaziy rolini ta’kidladi».

Kiritildi: 22:48 11.12.2024. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!