Internetda AQSh harbiylari Venesuela yaqinidagi xalqaro suvlarda giyohvand moddalar olib ketayotgan kemaga zarba bergani aks etgan kadrlar e’lon qilindi.
Kadrlarda katerning okean bo‘ylab uchib ketayotgani, so‘ngra bir zumda unga o‘q-dorilar bilan zarba berilganini ko‘rish mumkin. Kuchli portlashdan keyin kater to‘xtagan va butunlay olov ichida qolgan.
AQSh harbiylari prezident Donald Trampning juma kungi buyrug‘i bilan Venesuyela yaqinidagi xalqaro suvlarda narkotik tashiyotgan navbatdagi kemaga zarba berdi, deya ma’lum qildi Pentagon rahbari
Pit Hegsetning so‘zlariga ko‘ra, kater bortida bo‘lgan to‘rt nafar narkokartel a’zosi halok bo‘lgan.
Hagsetning ta’kidlashicha, bunday harakatlar bundan keyin ham davom etadi.
Qo‘shma Shtatlar oldin ham Venesuela sohillari yaqinida narkosavdogarlarning kemalariga zarbalar bergani haqida ma’lum qilgan edi.