Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorida qolgan garovga olinganlarning joylashuvi haqida ma’lumot oldi.
Bu haqda jurnalist Seymur Xersh Substack platformasidagi blogida manbalarga tayanib xabar berdi.
"Menga aytishlaricha, Isroil razvedka xizmati Vashington bilan qolgan garovga olinganlarning joylashuvini bo‘lishib olgan: ular haligacha zarba berilmagan tunnellar majmuasida saqlanmoqda”, — deb yozadi u.
Xershning so‘zlariga ko‘ra, garovga olinganlar anklavdagi ikkita yer osti majmuasida saqlanishi taxmin qilinmoqda. "G‘azo janubidagi Rafahdagi majmualardan birida sog‘lig‘ida muammolarga duch kelgan kamida 10 nafar garovga olingani taxmin qilinmoqda. Yana bir shunga o‘xshash majmua G‘azo shahri ostidagi tunnellarda joylashgan", deb yozadi jurnalist.
Garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operasiyani o‘tkazish xavf-xatarlarga to‘la bo‘lib, “garovga olinganlarning ham, ularni asirga olganlarning ham muvaffaqiyatli ozod etilishiga yoki darhol o‘limiga olib kelishi” mumkin. Vaziyat shu bilan murakkablashdiki, garovga olinganlarni qo‘riqlayotgan falastinlik Xamas jangarilari yo‘q qilinsa, Isroil 30 ga yaqin halok bo‘lgan garovga olinganlarning jasadlarini qaytarish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.