Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Yevropadagi Antifaga aloqador guruhlarni terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh Yevropadagi Antifaga aloqador guruhlarni terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

Vashington ma’muriyati antifashistik "Antifa" harakati bilan aloqador to‘rtta Yevropa guruhini xalqaro terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritdi va ularga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio yozma bayonotida ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti ushbu ro‘yxatga "Germaniyada joylashgan Antifa Ost va Italiya va Gresiyadagi Antifaga aloqador yana uchta zo‘ravon guruhlar”ni qo‘shishga qaror qilgan. Rubioning aniqlik kiritishicha, AQSh ularni xalqaro terrorizmga qarshi kurash bilan bog‘liq sanksiyalar ro‘yxatiga ham qo‘shadi.

AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) veb-saytida e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, sanksiyalar Antifa Ost (departament tomonidan Hammerbande deb ham ataladi), Italiya norasmiy anarxist federasiyasi/Xalqaro inqilob fronti (Informal Anarchist Federation/International Revolutionary Front) va Gresiya qurolli proletar adliyasi (Armed Proletarian Justice) va inqilobchi Revolutionary Class Self-Defense nisbatan qo‘llanilmoqda. AQSh Moliya vazirligi ushbu guruhlarning barchasi boshqa nomlar bilan ham tanilganligini ta’kidlaydi.

Davlat departamenti bu guruhlar a’zolari bir necha bor zo‘ravonlik qo‘llagan, deb hisoblaydi. AQSh Davlat departamenti ta’kidlashicha, ushbu tashkilotlarga nisbatan qo‘llanilgan choralar "ularning AQSh moliya tizimiga kirishini va hujumlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarni taqiqlashga" qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!