Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Eronga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy qildi

AQSh Eronga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy qildi

21 sentyabr dushanba kuni Qo‘shma Shtatlar Eronning Mudofaa vazirligiga va yadro, qurollar bo‘yicha dasturda qatnashayotgan boshqa shaxslarga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Bundan avval AQSh BMTdan Eronga nisbatan joriy qilingan barcha sanksiyalar tiklanishini so‘ragan, lekin bunga ko‘plab mamlakatlar, xususan, Xitoy va Rossiya rozilik berishmagandi.

AQShning yangi sanksiyalariga ko‘ra, Erondagi yadro, raketa va harbiy sohada faoliyat olib boradigan 27 ta tashkilot va shaxslar iqtisodiy siquvga olinadi. Ammo Eron hukumati ushbu sanksiyalar ularga hech qanday ta’sir o‘tkazolmasligini aytib, AQSh bu harakati bilan barchaning e’tiborini o‘ziga qaratmoqchi bo‘layotganlikda ayblagan.

“AQSh Eronga nisbatan o‘zining qo‘lidan kelgan barcha bosimini qildi. Qo‘shma Shtatlar bu sanksiyalari bilan bizning xalqimizni tiz cho‘ktirmoqchi bo‘ldi. Lekin u bunday qilolmadi”, deydi Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif.

Shuningdek, Donald Tramp Eronga mazkur sanksiyalarni joriy qilish bilan birga Eronn neftini sotib olish yoki unga neft sotish bilan shug‘ullanadiganlarga ham iqtisodiy cheklovlar joriy qilish bo‘yicha buyruq bergan. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma’lum qilishicha, ushbu buyruqqa asosan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga ham sanksiyalar joriy qilingan. Pompeo Venesuela va Eronni “BMTning qurollar bo‘yicha taqiqini mensimasdan birgalikda ish olib borganlikda” ayblagan.

AQShning bu harakatlariga sabab shuki, 18 oktyabrda BMTning qurollar bo‘yicha Eronga qo‘ygan taqiqlari tugaydi. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar yangi sanksiyalari bilan kelajakda Eron bilan harbiy sohada hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan mamlakatlar va kompaniyalarni qo‘rqitib qo‘ymochi ham bo‘lmoqda. AQShdagi kompaniyalarning Eron bilan qurol oldi-sotdi qilishi allaqachon taqiqlangan.

“Kim bo‘lishingizdan qat’iy nazar agar siz BMTning Eron bo‘yicha taqiqini buzsangiz, sanksiyalarga duchor bo‘lasiz”, deydi Pompeo.

Kiritildi: 04:00 23.09.2020. O'qildi: 1566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!