Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Apple xitoyliklarni iPhone’ning eng muhim funksiyasidan mahrum etyapti

Apple xitoyliklarni iPhone’ning eng muhim funksiyasidan mahrum etyapti

Kupertinolik korporasiya bu yil kuzda iPhone XI turkumidagi smartfonlarini namoyish etishi kutilmoqda. Biroq xitoyliklar ushbu mlagmanlar haqidagi sizib chiqqan ma’lumotlardan foydalanib, uni o‘zlari yasab ham olishgan...

Umuman olganda, Xitoy – katta va o‘ta muhim bozor bo‘lib, unda o‘rin olish uchun hatto Apple ham o‘z prinsiplaridan biroz chekinishga majbur bo‘ladi. Masalan, o‘tgan yili ham u aynan «Osmon osti saltanati» uchun eksklyuziv iPhone versiyasini chiqargan.

Manbalarga ko‘ra, kupertinolik texnogigant bu yil ham ushbu strategiyasini davom ettirishi mumkin. Ya’ni, joriy yilda Xitoy bozori uchun maxsus iPhone versiyalarini taqdim etishni ko‘zlamoqda. Boshqa smartfonsozlar bilan raqobatlashish uchun ularning narxlari pastroq bo‘ladi, ammo shunga yarasha ayrim qisqartirishlar bilan chiqariladi. Masalan, muhim funksiyalardan biri – foydalanuvchini yuzidan tanib oluvchi Face ID funksiyasi uchun kameralar tizimi bo‘lmaydi.

Agarda ushbu ma’lumotni tarqatgan manbaga ishonsak, xitoyliklar shundog‘am Face ID funksiyasidan deyarli foydalanishmaydi. Demak, ayni shu jihati olib tashlangan va nisbatan arzonlashtirilgan iPhone – ular uchun ayni muddao bo‘ladi.

Kiritildi: 21:50 01.07.2019. O'qildi: 2179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!