Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Apofis asteroidi Yerga 48 yildan so‘ng kelib urilishi mumkin

Apofis asteroidi Yerga 48 yildan so‘ng kelib urilishi mumkin

Apofis asteroidi tezligini oshirib, Yerga yaqinlashmoqda. Olimlarning ogohlantirishicha, ulkan osmon jismi 48 yildan so‘ng sayyorga kelib urilishi mumkin, deb yozadi Daily Mail.

Olimlar qadimgi Misrning jahl va buzg‘unchilik xudosi sharafiga nomlangan asteroidni 2004 yildan beri kuzatib keladi. Uning Yer bilan to‘qnashuvi imkonsiz deb qarab kelingan. Ammo yangi ma’lumotlarga ko‘ra, asteroid 2068 yilning 12 aprelida Yer bilan to‘qnashishi va bu halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Deyv Tolen ismli astronomning so‘zlariga ko‘ra, Subaru teleskopi yordamida amalga oshirilgan yangi kuzatishlar Apofisning tezlashganini ko‘rsatgan. «Asteroid toza gravitasion orbitadan yiliga 170 metrga uzoqlashmoqda, bu esa yuqoridagi ssenariy 2068 yilda amalga oshishi uchun yetarli», — deydi astronom.

Apofisning eni 300 metrga teng bo‘lib, uning Yerga kelib urilishi 880 million tonna trinitrotoluolning bir vaqtda portlashi ekvivalentiga teng.

Eslatib o‘tamiz, olimlar 2019 yilda ham Yerning Apofis asteroidi bilan to‘qnashish xavfidan ogohlantirgandi. Ta’kidlanishicha, Apofis asteroidi 2044 yilda Yerga 16 million, 2051 yilda 760 ming, 2060 yilda 5 million kilometrga yaqinlashadi.

Kiritildi: 11:26 29.10.2020. O'qildi: 2734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!