2026/27 yilgi mavsum uchun Angliya Premyer-ligasidan yevrokuboklarga yo‘llanma olgan jamoalar ro‘yxati shakllantirildi.
APLda dastlabki beshta o‘rinni egallagan klublar nufuzli musobaqada ishtirok etadi:
«Arsenal»
«Manchester Siti»
«Manchester Yunayted»
«Aston Villa»
«Liverpul»
Eslatma: Agar «Aston Villa» Yevropa ligasida g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, APLda kuchli to‘rtlikka kirgani uchun, oltinchi o‘rin sohibiga qo‘shimcha yo‘llanma berilmadi.
Evrokuboklarda quyidagi jamoalar kurash olib boradi:
«Bornmut» (6-o‘rin)
«Sanderlend» (7-o‘rin)
«Brayton» (8-o‘rin)
Diqqatga sazovor holat: «Kristal Pelas» (15-o‘rin) hali ham Yevropa ligasiga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Buning uchun jamoa Konferensiyalar ligasi finalida «Rayo Valyekano»ni mag‘lub etishi talab etiladi.