Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Angliyadan Farg‘onaga kelin bo‘lib tushgan Jeni mahalla bolalariga ingliz tilini o‘rgatmoqda

Angliyadan Farg‘onaga kelin bo‘lib tushgan Jeni mahalla bolalariga ingliz tilini o‘rgatmoqda

Farg‘ona viloyatining Eshonguzar qishlog‘iga kelin bo‘lib tushgan londonlik qiz bolalarga ingliz tilini o‘rgatmoqda. Bu haqda Fotima O‘ktamova Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Londonlik kelin Jeni yelib-yugurib uy yumushlari-yu, bog‘dagi gullar parvarishi bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘rib qolgan. Jeni gullarga boqib kuladi, ularni mehr to‘la qo‘llari bilan silaydi, ulardan zavq oladi. Shu sabab rang-barang ochilayotgan gullar ko‘zni yashnatadi. Erta tong hovliga suvlar sepilgan, ayvonga nonushta tayyorlangan. O‘zbekchani anchagina o‘rganib olgan Jeni ‘assalomu alaykum’ deb oila a’zolarini tong bilan qarshilaydi. Uyga kelgan mehmonlarni to‘rga o‘tkazib, ketayotganlarida ‘yaxshi boring’, ‘yana keling’, deya tabassum bilan kuzatib qo‘yadi.

Qo‘ni-qo‘shnilar angliyalik kelindan minnatdor. U tongda bir o‘zini emas qo‘shnilarning ko‘chalarigacha supurib, suv sepib duolarini olgani olgan. Qo‘shnilar, qarindoshlarning farzandlari, hatto Jeni kelinoyidan ingliz tilini o‘rganib olishmoqda.

Fotima O‘ktamova, Facebook foydalanuvchisi

Angliyalik Jeni Farg‘ona viloyati Eshonguzar qishlog‘ida xonadonlarning biriga kelin bo‘lib tushgan. Jeni turmush o‘rtog‘i Nurulloxon bilan chet elda tanishgan.

Kiritildi: 11:36 04.09.2019. O'qildi: 1813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!