Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Andrey Arshavinning rafiqasi uning ustidan FXXga arz qildi

A A A
Andrey Arshavinning rafiqasi uning ustidan FXXga arz qildi

Rossiyalik futbolchi Andrey Arshavinning rafiqasi Alisa Arshavina uning ustidan Federal xavfsizlik xizmatiga shikoyat arizasi yozdi. Ushbu arizaning suratini Super.ru portali e’lon qilgan.

Alisa Arshavinaning ta’kidlashicha, u futbolchining manfaati yo‘lida harakat qiluvchi noma’lum kishilar tomonidan tahdidlarga uchramoqda. Bundan tashqari, Arshavinaning aytishicha, u sobiq eri bilan Sankt-Peterburgdagi restoranda uchrashgan. Futbolchi Alisaga noma’lum kishilar bilan birga bo‘lgan. Ulardan biri Alisaning qo‘riqchisiga FXX xodimi guvohnomasini ko‘rsatgan.

Ayolning ta’kidlashicha, futbolchi uning uyiga narsalarini olib ketgani banditlar ga o‘xshash odamlar hamrohligida kelgan.

12 fevralda futbolchining rafiqasi uning ustidan Sankt-Peterburg polisiyasiga ariza yozgani ma’lum qilingandi. Alisaning ta’kidlashicha, Arshavin unga sms-xabarlar orqali tahdid qilgan, qamoqqa tiqish, unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish bilan qo‘rqitgan .

Arshavin rafiqasi bilan ajrashish haqida ariza topshirgan. Juftlik 2016 yilda turmush qurgan, ularning bir qiz farzandi bor.

Bungacha futbolchi 9 yil teleboshlovchi Yuliya Baranovskaya bilan nikohni qayd qilmagan holda yashagan. Futbolchining bu turmushidan 3 farzandi bor.

Manba: oxo.uz

Kiritildi: 07:15 20.02.2019. O'qildi: 1457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!