Buloqboshi tumanida yashovchi ayolning kelinlikka olib kelgan 44 turdagi sepi — kiyim-kechakdan tortib maishiy jihozlargacha — Majburiy ijro byurosi xodimlari yordamida o‘z egasiga qaytarildi.
Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga ko‘ra, undiruvchi D.M. foydasiga qarzdor S.M.dan sep sifatida kelgan barcha mol-mulkni olib berish belgilangan.
Ro‘yxatda turli kiyimlar, maishiy texnika vositalari hamda xo‘jalik anjomlari o‘rin olgan bo‘lib, ijro jarayonida ularning barchasi hujjatda qayd etilganidek topshirilishi ta’minlandi.
Byuro xodimlarining sa’y-harakatlari tufayli kelinning 44 turdagi buyumlari endi yana o‘z xonadonida.