Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Andijondagi masjidlarning biridan velosiped o‘g‘irlab ketilgani tasvirlangan video o‘rganib chiqildi

Andijondagi masjidlarning biridan velosiped o‘g‘irlab ketilgani tasvirlangan video o‘rganib chiqildi

2019 yilning 2 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Ijtimoiy tarmoqda Andijondagi masjidlarning biridan velosiped o‘g‘irlab ketilgani haqidagi video keng tarqalmoqda” nomli video Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

2019 yil 24 iyun kuni Andijon shahrida yashovchi M.O. ariza bilan Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilib, shu yil 23 iyun kuni soat taxminan 12.30larda Andijon shahrining Shahrixon ko‘chasida joylashgan “Xoliq berdi boy” jom’e masjidiga peshin namozini o‘qish maqsadida o‘ziga tegishli velosipedni boshqarib borganligini, masjiddan chiqqan vaqtida tashqarida ochiq qoldirgan velosipedni notanish bo‘lgan shaxs olib ketganligini ma’lum qilgan.

Ushbu murojaat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari jarayonida M.O.ga tegishli bo‘lgan velosipedni boshqarib ketgan noma’lum shaxs tez orada velosipedni “Xoliq berdi boy” jom’e masjidiga tashlab ketganligi aniqlandi.

Kiritildi: 15:18 06.07.2019. O'qildi: 1232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!