Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda qo‘lida fotokamera bo‘lgan yigitni samosud qilishdi. Nega?

Andijonda qo‘lida fotokamera bo‘lgan yigitni samosud qilishdi. Nega?

Joriy yilning 4 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "Aytishlaricha, samosud qilinayotgan fuqaro yo‘ldagi qoidabuzar haydovchilarni suratga olib, GAIga jo‘natgan" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 2020 yilning 22 dekabr kuni soat 11:00larda, Andijon shahrida yashovchi fuqaro N.Q. Jalaquduq tumani markazida joylashgan “Dehqon bozori”ga mevalar narx-navosini bilish uchun kelib, bozorni fotosuratga olayotgan vaqtida bir necha fuqarolar N.Q.ni boshqa maqsadda suratga olayotganlikda gumonlab, jamoat joyida turli uyatli so‘zlar bilan haqorat qilishgan.

Ushbu holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB XPB IIO TP profilaktika katta inspektori A.Yuldashev tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

Jumladan, fuqarolar A.D, M.R, A.A, J.Z, va Q.D.lar jamoat joyida turli haqoratli so‘zlar bilan baqir-chaqir qilishganligi uchun ularning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi bois, to‘plangan hujjatlar chora ko‘rishlik uchun Jalaquduq tuman Ma’muriy sudiga yuborilgan.

2020 yil 25 dekabr kuni ma’muriy ish sudda ko‘rib chiqilib, huquqbuzarlarning har biriga BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Kiritildi: 13:53 04.01.2021. O'qildi: 4730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!