Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

Yomon xabar yashin tezligida tarqaladi. Andijon shahrida ayol kishi o‘z qarindoshlari – 10 yoshli o‘g‘il bola va 7 yoshli qizaloqni shavqatsizlarcha o‘ldirib, choyshabga o‘rab pol tagiga yashirgani haqidagi xabar ham shunday tez tarqaldi va barchaning yuragini larzaga soldi.

Qotillik sodir etilgan Andijon shahar O‘zbekiston mahallasi, Zafar ko‘chasida bo‘lganimizda aholi o‘z farzandlarini vahima va qo‘rquvdan ko‘chaga o‘ynagani ham chiqarmay qo‘yganini aytishdi.

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

Prokuratura ayni paytda jinoyat sodir etgani aniqlangan YO.D ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini boshlagan.

Aniqlanishicha, bu ayolning nomida bo‘lgan uyda 2022 yil aprel oyidan buyon qarindoshi (xolavachchasi), 2 nafar voyaga yetmagan farzandi (o‘g‘li 10 yosh, qizi 7 yosh) va buvisi bilan yashab kelishgan.

Ayol o‘z ko‘rsatmasida xolavachchasini oilasi buzilib ketishiga sababchi bo‘lganlikda ayblab, yuklarini o‘z uyiga olib kelmoqchi bo‘lganida xolavachchasi bunga qarshilik qilgani, unga uyni bo‘shatib qo‘yish haqida qo‘ygan talabini ham rad qilib kelayotganini bildirgan.

Shunda ayol xolavachchasidan qasd olish maqsadida uning uyda yo‘qligidan foydalanib 16 iyun kuni uyga kelib, xolavachchasining 2 nafar farzandini qasddan o‘ldirib, jasadlarini uyning ayvon qismiga, pol tagidagi yerto‘laga yashirgan.

Voqea qanday bo‘lgan?

Onaizor bolalarini yo‘qolib qoldi deya qo‘ni-qo‘shnilar bilan uch kun izlagan edi.

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

“Yolg‘iz ona bolalari bilan yashardi. Ro‘zg‘or, tirikchilik uchun ishlardi. Har kuni ko‘z oldimizda yurgan bolajonlar. “Bolalarim yo‘qolib qoldi” deb yugurib qoldi. Hamma izlashga tushdi. Qotillikda ayblanayotgan ayolni yaxshi tanirdik. Hech bunday ish qiladiganga o‘xshamasdi. Hamshira bo‘lgani uchun nevaralarimga ukol qilardi. Homilador edi. Uni bu darajada yovuzlik qilishi miyamga sig‘mayapti.

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

Bolalarni o‘ligi topilgan kuni onaning ohu-zori, dodini eshitib yuraklarimiz to‘kilib ketdi. Haligacha o‘zimizga kelmayapmiz”, – deydi mahalla fuqarolaridan biri Zuhra Matyoqubova.

Qo‘shnilardan biri, bolalar jasadini pol tagidan topgan Zuhriddin Mansurov bilan suhbatlashdik.

“Ikkala bola juda mustaqil va dadil, birov chaqirsa ketib qoladigan emasdi. 16 iyunda, bolalar yo‘qolib qolgan kundan boshlab, ichki ishlar izlashni boshladi. Men ham ikki-uch kilometr Oq go‘r mahallasigacha borib izladim.

Do‘konlarga qo‘yilgan kameralarni ko‘rib chiqdik. 16 iyunda faqat katta yo‘l bo‘yidagi bitta kichik do‘kon kamerasidan aka-singil “Rollton“(tez tayyorlanadigan lapsha) sotib olgani ma’lum bo‘ldi. 17 iyunda temir yo‘l vokzali tomonni, 18-da aeroport tomonni izladik.

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

19 iyunda uylariga kirsam, bolalarning onasi qarindosh ayollar bilan birga ekan. Topilmaganini bildim. Keyin o‘zimni ayolim bilan ularnikiga pichog‘imizni olib, tarvuz so‘yib berish uchun yana kirdik. Chunki ularning uyidagi barcha pichoqlar IIB tomonidan olib qo‘yilgan edi. Kirganimizdan so‘ng, ayollardan biri “polni to‘g‘rilab bering” dedi. Polni taxtasini olsam, sassiq hid chiqib ketdi. Bir qopda shisha bankalar turgan ekan, ko‘tarib olsam, tagida choyshabga bog‘langan bola qo‘lini ko‘rib qoldim.

Onasi “dod” soldi. Men qo‘rqib tashqariga yugurib chiqib ketdim. Chunki menga bolani qo‘li qimirlaganday tuyulgan edi. Keyin qo‘shnilar fonar yoqib turishdi. Jasadlarni olib chiqdik. Voqea juda qo‘rqitib qo‘ydi”, deydi guvoh Zuhriddin Mansurov.

Qo‘ni-qo‘shnilar bo‘lgan hodisadan vahimaga tushib qolishgan. Hammaning tinchi buzilgan. Kechqurunlari kattalar ham ko‘chaga chiqmay qo‘yishgan.

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

“Ayolning o‘z xolavachchasiga “Meni oilamni buzding” deb mana shu qabihlikni qilishi juda yomon ish bo‘ldi. Oldingi turmushi buzilgan va ikkinchi turmushi bilan yashar edi. Mahallaga yomon bo‘ldi. Shirin, bir-biriga mehribon bolalar qurbon bo‘ldi. Aka-singil o‘ta mehribon edi. Endi qo‘rquvda yashayapmiz. Ko‘chalarimiz bo‘m-bo‘sh. Mana, bugun sizlar kelganingiz uchun ko‘chaga chiqdik. Bolalarni birov ko‘chaga chiqarmay qo‘ygan. Qo‘rqyapmiz”, – deydi yana bir qo‘shni Muharram Davlatova.

Huquq tartibot idoralari – voqea tafsilotlari haqida

Qarindoshlar o‘rtasida kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqan bu qotillik hududdagi 24-maktabda huquq tartibot idoralari, mahalla ahli ishtirokida muhokama qilindi.

Andijon viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farrux G‘iyosov, viloyat prokurori o‘rinbosari Doniyor Masaliyev ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi.

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

Farrux G‘iyosovning aytishicha, mudhish voqeaning yuz berishiga qarindoshlar o‘rtasida 3-4 oy oldin sodir bo‘lgan voqea sabab bo‘lgan. Gumonlanuvchining turmush o‘rtog‘i u bilan ajrashgan. Shundan so‘ng gumonlanuvchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani sababini bolalarning onasidan ko‘rib, qasd olish maqsadida ularni o‘ldirish rejasini tuzgan.

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

G‘iyosov voqeani quyidagicha tushuntirdi: “Bolalarning onasi S.D. Andijon shahridagi ‘Yangi bozor” hududida oziq-ovqat mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanib keladi. Odatda ayol har kuni ertalab ishga chiqib ketadi, farzandlari esa uyda qarovsiz qoladi. Bir kuni u bilan yashovchi qarindoshi D.YO. turmush o‘rtog‘ining Toshkent shahrida ishlab yurishidan foydalanib, S.D. bilan birga yashovchi uyiga begona erkakni olib kelgan. Bundan xabar topgan S.D. xolavachchasining akalariga xabar bergan. Buni eshitgan akalar voqea joyiga kelgach, D.YO. uydagi eri ekanini, Toshkentdan kelganini aytgan. Akalari D.YO.ning turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilgach, bor holat oydinlashgan.

Shu sabab ham D.YO. turmush o‘rtog‘idan ajrashgan, bunda S.D.ni aybdor ko‘rib, unga nisbatan qasd qilgan. Bolalarini o‘ldirib o‘ch olmoqchi bo‘lgan. 2022 yil 16 iyun kuni S.Dning katta farzandi Sayfiddin cho‘milishga chiqib ketganida, qizi – 2-sinf o‘quvchisi Robiya uyda qolgan. Shu yerda bo‘lgan D.YO. qizni hammomga olib kirib bo‘g‘ib o‘ldirib, qopga solib, pol tagiga yashirgan. Keyin 5-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Sayfiddin cho‘milishdan kelgan. D.YO. uni uxlashini poylagan. 15:00–16:00 larda bola uxlagan. D.YO. uning ko‘ksi va boshqa joylariga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazgan. Bola uyg‘ongan va qarshilik ko‘rsatishga uringan. Pichog‘ni ushlagani uchun qo‘lida ham jarohati bor. D.Yo uni ham bo‘g‘ib o‘ldirib, yerto‘laga olib tushib qo‘ygan.

Ona ishdan kelib, bolalari yo‘qligini bilgan va IIBga xabar bergan. IIB xodimlari D.YO. bilan suhbat o‘tkazgan. Oradan ikki kun o‘tib jasadlar topilgan”.

Viloyat prokurori o‘rinbosari Doniyor Masaliyev mahalla ahli va jamoatchilik vakillariga ikki norasida go‘dakdan birini qopga solingan, yana birini choyshabga o‘ralgan jasadi topilishi bilan bog‘liq qotillikning sabablari bo‘yicha to‘xtaldi.

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

Ma’sul to‘planganlarga jinoyatchiga jazo muqarrarligi ta’minlanishi aniqligi haqida gapirib: “Mudhish holatni oldini olish mumkin edi-ku?” degan savolni tashladi. Mahalla vakillari ham o‘z fikrlarini bildirishdi.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Andijon viloyat prokuraturasida bo‘ldik. Prokuraturaning alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Sarvarbek Hamidov mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida ma’lumot berdi.

Hozirda jinoyat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

Andijonda qotil ayol ikki norasidani nega o‘ldirgandi? (VIDEO)

Mazkur qotillikning qanday sodir bo‘lgani haqida ma’lumotlar hozir shu. Lekin qarindosh ayollarning adovati ortidan ikki norasida bolaning qurbon bo‘lgani juda achinarli holat.

Elmurod Ermatov,

Azizbek Ismoilov

Kiritildi: 16:55 25.06.2022. O'qildi: 7114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!