Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Andijonda homilador kelinchak kaltaklandi. Aslida, nima bo‘lgandi?

Andijonda homilador kelinchak kaltaklandi. Aslida, nima bo‘lgandi?

2020 yilning 08 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda  “ANDIJON vil. – “Homilador kelinchak kaltaklanishi holati taftish etilishini so‘raymiz”  sarlavhasi ostida videotasvir tarqaldi.

Ushbu  videotasvirga  qoldirilgan izohda ushbu holat Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida ro‘y berganligi, yosh kelinchak erining hiyonat qilganidan xabar topib, uni tuman markazidagi ko‘p qavatli uyga izlab kelganligi va bu yerda  homilador kelinchakni ijara uyda islovotxona tashkil qilgan ayol tomonidan kaltaklanganligi  bayon qilingan.

Mazkur holatga oydinlik kiritish va unga xolis baho berish maqsadida Andijon viloyati IIBning mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Ma’lum bo‘lishicha, videotasvirdagi jarayonlar 2020 yilning 01 avgust kuni soat 11:20 larda Buloqboshi tumani M.Ismoiliy MFYda sodir bo‘lgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida Buloqboshi tumani Soxibkor MFYda yashovchi fuqaro D.M turmush o‘rtog‘i SH.M bilan o‘zining "Tiko" rusumli avtomashinasida oyog‘ini shifokorga bog‘latish maqsadida kelib, mashinasini to‘xtatgan vaqtida shu ko‘chada yashovchi voyaga yetmagan fuqaro M.X uning mashinasiga turtilib ketgan. Bundan jahli chiqqan fuqaro D.M voyaga yetmagan M.X.ni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab yuborgan. Oradan biroz vaqt o‘tgandan keyin fuqaro D.M o‘zining qilgan xatti-harakatlari noto‘g‘riligini xis etib, M.X.dan kechirim so‘rash maqsadida uning yashash uyiga borgan vaqtida M.X.ning onasi M.G‘ fuqaro D.M va uning turmush o‘rtog‘i SH.M.larni yashash uyining oldida uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, urib yuborgan.

Bo‘lib o‘tgan holatdan so‘ng, fuqaro M.G‘ shu kunning o‘zida fuqaro D.M.ning yashash xonadoniga borib o‘zining jahlini jilovlay olmasdan ularni urub yuborganligi uchun kechirim so‘ragan. Fuqaro D.M ham o‘zining salbiy hatti-harakatlari uchun shu kunning o‘zida fuqaro M.G‘.ni uyiga borib kechirim so‘ragan.

Ushbu holat yuzasidan 09.08.2020 yilga qadar Buloqboshi tumani IIBga hech qanday ariza va shikoyatlar kelib tushmagan. 

Buloqboshi tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida ushbu videotasvir Buloqboshi tumani M.Ismoiliy MFYda yashovchi fuqaro N.E tomonidan internet tarmoqlariga umuman boshqacha tarzda izohlanib, chiqartirib yuborilganligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda fuqarolarimizdan asoslanmagan ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmasliklarini va aksincha shunga o‘hshash holatlarga duch kelinganda, avvalo, zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar berishlarini so‘rab qolamiz!

Kiritildi: 14:11 09.08.2020. O'qildi: 8068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!