"O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Baliqchi tumanida “ A. S. M.” xususiy korxonasiga qarashli qurilish ob’ektida o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 1 milliard 195 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.