Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda bloger ayol sud binosi oldida ochlik e’lon qildi

Andijonda bloger ayol sud binosi oldida ochlik e’lon qildi

Andijonda bloger ayol hukumat binosi oldida ochlik e’lon qildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarov aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, UZ DONG YANG qo‘shma korxonasi sobiq mutasaddilariga oid jinoyat ishida advokatlarning sudlanuvchilarni ehtiyot chorasini o‘zgartirishga oid iltimosnomasi moddiy zarar qoplanmagani bois rad etilgan. O‘zini bloger deb tanishtirgan Fotima Jo‘rayeva o‘z noroziligini bildirish uchun sud binosi oldida ochlik e’lon qilgan.

Kengash ushbu jinoyat ishida Jo‘rayeva biror taraf hisoblanmasligi, u sudda faqat bloger sifatida ishtirok etishi mumkinligi hamda qatnashib kelayotganini qo‘shimcha qildi.

«Advokatlarning iltimosnomasi va arizasi qanoatlantirilmaganiga norozilik sifatida bloger ochlik e’lon qilmoqda. Uning bunday hatti-harakatini nafaqat huquqiy malakasi va madaniyati yetishmasligi, balki noxolisligi, sun’iy ravishda vaziyatga siyosiy tus berib, shu orqali jamoatchilik e’tiborini tortgan holda bosim o‘tkazish deb hisoblaymiz», – dedi Akbarov.

Kiritildi: 17:49 19.01.2021. O'qildi: 4605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!