Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda 51 yoshli erkak baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Andijonda 51 yoshli erkak baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 9 iyul kuni soat 17.30larda fuqaro 24 yoshli K.M. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasini Andijon viloyatining Shahrixon tumani Qum mahallasi hududida haydab ketayotgan vaqtida yuk avtomashinasi tirkamasining o‘ng old tomon g‘ildiragi yorilib tirkama ulagichi sinib ketib, yo‘l chetida turgan Shahrixon tumanida yashagan 51 yoshli piyoda G.X.ni urib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining yozishicha, G.X. olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 14:17 10.07.2019. O'qildi: 1482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!