To‘lanov Akmaljon Maxammatumarovich Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
To‘lanov Akmaljon Maxammatumarovich 1989 yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan.
U 2013 yilda Andijon mashinasozlik institutini (kunduzgi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.