Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Andijon havosini bulg‘ayotgan sement zavodi faoliyati to‘xtatildi

Andijon havosini bulg‘ayotgan sement zavodi faoliyati to‘xtatildi

Davlat ekologiya qo‘mitasi aholi, jamoatchilik tashkilotlarining shikoyat va murojaatlari asosida 12−21 fevral kunlari Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan Sing Lida qo‘shma korxonasida tekshirish o‘tkazdi.

Qo‘mita matbuot xizmatining xabar qilishicha, tekshirish davrida korxonaning klinker tayyorlash pechining ishlash jarayonida siklonlarning bir nechta joyida tuynuklar mavjudligi, ifloslantiruvchi moddalarning mazkur tuynuklardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri atmosfera havosiga tashlanayotgani aniqlangan.

Shuningdek, klinker tayyorlash pechidagi ifloslantiruvchi moddalarni tashlash 1- va 2-manbalardagi chang tozalash uskunasining samaradorligini o‘lchash uchun laboratoriya tahlillari o‘tkazilganida, 1-manbadagi sement changini ushlash qurilmasining samaradorligi 53,1% (loyiha bo‘yicha 99,9%), 2-manbadagi chang ushlash qurilmasining samaradorligi 60,7% (loyiha bo‘yicha 99,9%) ni tashkil etib, changlarni ushlab qolish samaradorligi past darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi holatlarda «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonunlar talablari buzilgan, deyiladi xabarda.

Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish maqsadida jamiyat balansida mavjud bo‘lgan, bugungi kunda ekologik talablarga javob bermaydigan holatda ishlab turgan klinker tayyorlash pechi va sement tayyorlash tegirmoni uskunalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi va bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Kiritildi: 22:32 25.02.2020. O'qildi: 2308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!