Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Andijon" futbolchisi Rossiya klubiga transfer qilindi

A A A
"Andijon" futbolchisi Rossiya klubiga transfer qilindi

"Andijon" yarim himoyachisi Sherzod Esanov faoliyatini RPLning "Akron" jamoasida davom ettiradi.

"Transfer oynasi ochilgan mahalda seleksiya ishlari yanada jiddiy tus olgan. Ma’lumki, «Andijon» tarkibida ko‘plab iqtidorli, kelajagi porloq futbolchilar talaygina. Ular jamoamiz safida to‘p surish orqali o‘zlarini ko‘rsatishmoqda va ko‘plab skautlarning e’tiborini tortmoqda.

Qolaversa, jamoamizda transfer siyosati to‘g‘ri yo‘nalishda olib borilayotgani o‘z samarasini bermoqda.

Jumladan, 21 yoshli yarim himoyachimiz, yoshlar terma jamoasi a’zosi Sherzod Esanovga Rossiyaning «Akron» jamoasidan jiddiy taklif tushdi. Natijada ikkala klub tomonidan olib borilgan muzokaralardan so‘ng Esanov «Akron» jamoasiga transfer qilindi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, «Andijon» klubidan ilk bor Rossiya premyer-ligasiga o‘yinchi transfer qilinishi hamda shu yilning o‘zida jamoamizdan ikkinchi futbolchining (birinchi trasnfer Rubin Xebay) xorij klubiga sotilishi amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mahsulidir.

Sherzod «Andijon» safiga 2022 yili qishda qo‘shilgan bo‘lib, qisqa fursat ichida o‘z iqtidorini namoyish qila oldi. O‘sha yilgi mavsumda Esanov «Andijon» safida chempionat va Kubok bahslarida hammasi bo‘lib, 18 ta o‘yinda maydonga tushib 3 ta gol urdi. O‘tgan yilgi mavsumni ham jamoamiz bilan birga boshladi va 5 ta o‘yinda qatnashdi. Ikkinchi davrada esa «Olimpik» klubiga ijaraga berildi. Joriy mavsum avvalida Esanov yana «Andijon»ga qaytdi. Mavsumning birinchi qismida u chempionat va Kubokda hammasi bo‘lib 15 ta bellashuvda ishtirok etib, 2 ta gol muallifiga aylandi hamda muxlislarning mehrini qozondi.

Sherzod bugun kechki payt Toshkent-Moskva yo‘nalishida jo‘nab ketdi. Faoliyatida ilk bor legionerga aylangan futbolchimizni yangi jamoasida katta qiziqish bilan kutishmoqda.

Uning yangi klubi Tolyattining «Akron» klubi ilk bor Rossiya premyer-ligasida ishtirok etmoqda. Esanovga «Andijon»dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga yangi klubida muvaffaqiyat tilaymiz", — deyiladi andijonliklar xabarida.

Kiritildi: 22:37 21.07.2024. O'qildi: 1623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!