Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzaga ko‘ra 2024 yilda 7 354 ta korrupsion jinoyat sodir etilgan (2023 yilda 6 535ta). Shuningdek, 4 649 ta jinoyat ishi bo‘yicha 7 354 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning 20 foizi ozodlikdan mahrum qilingan.
Korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida esa davlat manfaatlariga 2,8 trln so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan (2023 yilda 1,4 trln so‘m).
O‘tgan yilda ham yetkazilgan zararning yuqori ulushi yana Andijon viloyatida qayd etilgan — 680 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. E’tiborlisi, 2023 yilda ham 243 mlrd so‘m yetkazilgan zarar bilan yetakchilik Andijon viloyatida edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, viloyat korrupsion yetakchilikni hech kimga bermagan, korrupsion jinoyatlar zararini 2,8 karra oshira olgan ham.
Korrupsion jinoyatlar soni bo‘yicha ham Andijon viloyati yetakchi bo‘lgan (882 ta). Undan keyingi o‘rinlarni Namangan (877), Toshkent viloyati (697), Qashqadaryo (695) va Samarqand (643) egallagan.