Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Ana xolos! Yana bir xususiy bandlik agentligi lisenziyasi to‘xtatildi

Ana xolos! Yana bir xususiy bandlik agentligi lisenziyasi to‘xtatildi

“Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi” MCHJga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.

Keltirilishicha, vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga “Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi” MCHJ faoliyati ustidan ko‘plab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 45-bandiga muvofiq, “Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi”  MCHJ lisenziyasining amal qilishi 10 ish kuni muddatiga to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shu 10 kun davomida “Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi” MCHJ tomonidan fuqarolar bilan tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishi talab etiladi.

Kiritildi: 20:10 24.01.2020. O'qildi: 2259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!