Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ana xolos! "Xagupit" to‘foni sharsharani teskari oqishga majbur qildi (+video)

Ana xolos! "Xagupit" to‘foni sharsharani teskari oqishga majbur qildi (+video)

"Xagupit" to‘foni 190 metr balandlikdagi Linfen tog‘ sharsharasini teskari yo‘nalishda oqishga sabab bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar qildi.

Videoda kuchli shamol sharshara suvini uchirib yuborishi aks etgan. Kuchli “Xagupit” to‘foni Xitoyning Chjeszyan provinsiyasiga yopirilib keldi.

Shamol tezligi soatiga 136 kilometrgacha yetdi, ayrim sharqiy sohilbo‘yi tumanlarida 4 metr balandlikdagi to‘lqinlar qayd etildi. 380 mingdan ortiq kishi xavfsiz joylarga evakuasiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Chjeszyan provinsiyasida poyezd harakati to‘xtatildi, ba’zi avtomagistral yo‘llari yopildi, ko‘pgina uylar elektr energiyasiz qoldi.

 

Kiritildi: 19:59 06.08.2020. O'qildi: 3195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!