Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Mashhur hoji akalarning singlisi rasman ikkita erga tekkan. Ikki er bir-birini taniydi

Ana xolos! Mashhur hoji akalarning singlisi rasman ikkita erga tekkan. Ikki er bir-birini taniydi

Zino maxfiy bo‘lsa, gunohi ikki zinokorga bo‘ladi. Zino oshkora bo‘lsa, gunohi barchaga bo‘ladi, kasofati ham hammaga uradi.

O‘n yillar avval Toshkentga borganimda yoqamni ushlar edim. Ayollarni kiyimidan hayratda qolardim. Ko‘p o‘tmay o‘zimizda ham xuddi shunday kiyimlar paydo bo‘ldi. Tizzadan baland kiyish uyat hisoblanmay qoldi. Bu vaqtda Toshkentda kiyim o‘lchami yanada kaltalashganiga guvoh bo‘ldim. Yubka desa, yubkaga nisbatan haqorat hisoblanadigan kiyimlarga o‘tib ketilibdi. Yana o‘n yilga bormay, mening shahrimda ham shunday yurishlarini o‘ylasam, dahshatga tushaman.

O‘tgan yili Tojikistonga bordim. Soddachilik. Ayollar bizdagi to‘qsoninchi yillar kiyimida yuribdi. Bizda kiyib yurgan kiyimlari bilan ayollar u yerga borsa, fohishaga bo‘lgani kabi munosabat ko‘radi.

Ajrashish uyat bo‘lmay qoldi. Ajrashgan kelin chiroyli bo‘lsa, puli bor bittasi darrov topilyapti. Hali eridan iddasi chiqmay, ustiga yurib qo‘ya qolyapti.

Avvallari kelinni “ushlab olish“ni kamdan-kam eshitar edim. Hozirda falonchi kelinini ushlab olibdi, falonchini kelini qochib ketibdi, falonchi xotinini o‘rtog‘i bilan ushlab olibdi, degan gaplar ko‘payganidan, hammani kelini yuryapti, degan xayolga boradi odam.

“Tiktirish“ moda bo‘ldi. Birorta doktor arzimagan pulga tiktirib beradi. Anavi ayol shu bahona yuzini “yorug‘” qilib oladi. Erkak jonivorlar ham yangi usulini o‘ylab topgan. Uch kun yaqinlik qilmasa parda yirtilar ekan, deb uch kun kutib o‘tiribdi. O‘z jufti haloliga ishonmay, bu kabi ish qilgandan o‘lgan afzal. Yetib kelganimiz shu.

Oshxonalar, choyxonalarga kunduzi kirishni iloji yo‘q. Ayollar “Igrushka”, “gap” o‘ynaydi. Dunyoviylar bo‘lsa, ha, mayli, deydi odam. Hoji akalarni xotinlari, hoji onalar, hijobli ayollar...

Din bexabarlarini tushunarsan. Ammo dindorlarini qanday tushunish mumkin? Go‘yoki hijobda. Ammo kiyib olgan kiyimidan kalta yubkalilar ham xijolat bo‘lib ketadi. Muslima deganda ikki enlik boshidagi ro‘moli bor, bo‘ldi. Egnidagi kiyimlari “astag‘firulloh”, deydigan darajada. Hijobdan maqsad nima edi? Avratni yopishmi yoki boshni yopib, ketni ochishmi? Hijobdan maqsad pardalanish, erkaklar nigohidan qochish bo‘lsa, hozirgi hijoblilarni terilgan qoshlari, shishirilgan lablari, olma teradigan ko‘zlari hijob haqidagi tasavvurlarni sochib yuboradi.

Shaharda mashhur hoji akalar bor. Shularni singlisini rasman ikkita eri bor. Ikki er bir-birini taniydi. Pulni kuchidan indamay yashayveradi. Ayol istagan kuni birinchi eri bilan, istagan kuni ikkinchi eri bilan yotadi.

Bizda shaharda taksistlar bor. Pul topish uchun emas, yangisini ilintirish uchun taksistlik qiladi. Mashinasiga chiqqan har qanday ayolni yo‘ldan urishga urinadi. Shu taksistlar ortidan qanchadan-qancha oilalar buzilib ketdi. Erlik ayollar qanchasi shu ifloslar bilan zinoga qo‘l urdi.

Fasebuk, Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlardan er topish - yangi modaga aylandi. Ersiz ayol er topsa, chidasa bo‘ladi. Ammo eri bor ayollar, ikki-uchta aqlli gaplarni yozadigan iflos erkaklar sabab, kap-katta xotin bo‘lganda, farzandlarini bo‘yi o‘zidan o‘tganda ajrashib, oilasini buzib, o‘sha “Gapdonga” erga tegmoqchi bo‘lib yuribdi.

Qaysidir ayol eri bilan urishib, uyiga kelsa yoki eri Rossiyaga ketsa, poylab o‘tiradigan odam qiyofasidagi maxluqlar bor. Eri ketishi bilan, bo‘ri kabi tashlanadi.

Shaharda avval diskoteka degan narsa bo‘lmas edi. Hozirda to‘rtta diskoteka bemalol faoliyat olib boryapti. Ichida fahsh, fohishalar qatori tuppa-tuzuk ayollar yurganiga nima deyish mumkin?

Fohishalar Dubayga, Istanbulga borib kelib yaxshi mashinalar minyapti. Ularni shu hayotiga orzumand ba’zi ayollar Dubay sari otlanishni orzu qilib yashayapti.

Bir yigit hazil qilib e’lon yozibdi “o‘n yoshgacha bo‘lgan qizlar bilan tanishaman. Qolganiga "ojidaniya" tushyapman”, deb. Kulgili, bir vaqtni o‘zida achinarli narsa. Yaxshi qiz topa olmay qiynalib yurgan bo‘ydoq ukalarim, jiyanlarimni ko‘rsam, rahmim kelib ketadi. Qiz ko‘p, deymiz. Ammo yaxshi qizni ostonasida kuniga besh-oltitadan sovchi.

Xiyobonlar, parklarda qiz va yigitlar bemalol o‘pishib, yalashib, qapishib o‘tiribdi. Hech kimni hech kim bilan ishi yo‘q. “Tur padaringga la’nat”, deydigan odam yo‘q.

Yuqorida yozganimday, zino ochiq bo‘lsa - gunohi hammaga bo‘ladi. Gunohlarga ko‘nikib qoldik. Endi kasofati ham barchamizga bo‘ladi. Bunisiga qanday ko‘nikamiz, bilmadim...

Manba: azon.uz

Kiritildi: 16:55 16.07.2019. O'qildi: 18192 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!