Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Koronavirusdan o‘lgan ayol bir oilaning 17 a’zosiga virus yuqtirgan

Ana xolos! Koronavirusdan o‘lgan ayol bir oilaning 17 a’zosiga virus yuqtirgan

Angliyada koronavirusdan bir bemor vafot etdi. U bilan uchrashgan marhumning qarindoshlari — bir oilaning 17 a’zosi esa virus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Daily Mail" gazetasi xabar berdi.

86 yoshli Sheyla Bruks 9 fevral kuni koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Ko‘plab oila a’zolari ishtirok etgan dafn marosimi 13 mart kuni bo‘lib o‘tdi. Bir necha kundan so‘ng, marosimda ishtirok etgan uning 65 yoshli jiyani Syuzan Nelson reanimasiyada yotib, vafot etdi. Uning o‘limining dastlabki sababi koronavirus infeksiyasi bo‘lgan.

"U juda yo‘taldi, bo‘g‘ilib, koronavirusning barcha umumiy belgilarini ko‘rsatdi, – deydi 42 yoshli o‘g‘li Nelson Karl. – U 16 mart kuni kasalxonaga yotqizilgan, ertasi kuni men shifokorlar bilan gaplashdim. Ular keyingi ikki kun hal qiluvchi bo‘lishini ogohlantirishdi. Bir necha soatdan keyin ular qo‘ng‘iroq qilishdi va uning ahvoli og‘irligini aytishdi". O‘lim paytida Nelson eri Robertning yonida edi.

Brukning dafn marosimidan so‘ng, uning oilasining yana 16 a’zosida COVID-19 alomatlari paydo bo‘ldi. Kasal bo‘lganlar orasida 34 yoshli qizi Nelson Amanda ham bo‘lgan. «Bizning qarindoshlarimizdan biri hozir kasalxonada va uning ahvoli og‘ir», – deydi u. Amanda dafn marosimidan keyin 17 oila a’zosi koronavirusga xos bo‘lgan alomatlardan shikoyat qilishganini ta’kidladi. "Kasallik qariyalarga ham, yosh qarindoshlarga ham ta’sir qildi", deya ta’kidladi u.

Koronavirus belgilari bo‘lgan barcha oila a’zolari uyda izolyasiya ostida. Amanda, uning otasi Robert bilan sog‘ayishayotganini ta’kidladi. "Yo‘tal boshqa alomatlar singari hanuzgacha mavjud, ammo xayriyatki, sog‘ligimiz asta-sekin tiklanmoqda", – deya xulosa qildi u. Oila a’zolari boshqalarni karantinga rioya qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 11:25 31.03.2020. O'qildi: 5735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!