Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! «Kafil shou» ko‘rsatuvida «Tracker» yutgan fuqaroga yutuq berilmagan

Ana xolos! «Kafil shou» ko‘rsatuvida «Tracker» yutgan fuqaroga yutuq berilmagan

Milliy telekanallarimizda efirga uzatiladigan turli o‘yinlar, tok shou ko‘rsatuvlarda qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritayotgan yurtdoshlarimizni ko‘rib, kuzatmoqdamiz. Uy, mashina... Bu kabi sovrinlarni qo‘lga kiritganlarga ko‘pchilik havas ila boqishadi.

Ammo ular qo‘lga kiritgan yutuqlarini osonlik bilan qo‘lga kiritmoqdami? Savolga javob berishdan avval O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasiga kelib tushgan bir murojaatni keltirib o‘tsak.

"Xabar.uz"ning yozishicha, O‘zbekiston Prezidenti ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatda ohangaronlik Shaxriyor Abrorov  23 iyul kuni «Mahalla» telekanalida Sug‘urta kompaniyasining «Kafil shou» ko‘rsatuvida ishtirok etib, «Tracker» avtomashinasini yutib olganini ammo hanuzgacha yutug‘ini ololmayotganidan norozilik bildirgan. Ushbu murojaat O‘zbekiston Iste’molchilar huqularini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi xodimlari tomonidan o‘rganildi. Federasiya mutasaddilari «Kafil» sug‘urta kompaniyasiga borib, holatga aniqlik kiritishdi.

Natijada SH. Abrorovga «Tracker» avtomashinasi olib berilgan.

Kiritildi: 15:57 22.10.2019. O'qildi: 7376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!