Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Ana xolos! Jizzaxda erkaklarga homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘langan

Ana xolos! Jizzaxda erkaklarga homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘langan

O‘zbekistonda 2017—2018 yil va 2019 yilning birinchi choragida byudjet muassasalari xodimlariga 529,5 milliard so‘m homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘langan. «Huquq» gazetasida xabar berilishicha, Bosh prokuratura ayrim byudjet muassasalarida ushbu nafaqalarning tayinlanishini o‘rgangan.

O‘rganishlar natijasida 345 million so‘mlik nafaqa asossiz to‘langani aniqlangan. Bundan tashqari, nafaqani hisoblashda xodimning o‘rtacha ish haqini asossiz ravishda oshirib ko‘rsatish yoki noqonuniy yo‘llar bilan to‘lov hujjatlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan summaga nisbatan ko‘proq pul yozish bilan respublika bo‘yicha 696 million so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, byudjet muassasalarida umuman ishlamaydigan, pensiyaga chiqib ketgan, homilador bo‘lmagan va homiladorlik ta’tiliga chiqmagan shaxslar nomiga soxta ma’lumotlar asosida homiladorlik va tug‘ish nafaqasi yozish, aynan bir xodimga bir necha marta pul hisoblash bilan 820 million so‘mdan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilgan.

Xatto erkak kishilarga ham soxta ma’lumotlar asosida homiladorlik va tug‘ish nafaqasi yozilgan. Xususan, Jizzax viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri iqtisodchisiga 2,1 million so‘m va Jizzax shahridagi 20-maktab qorovuliga 900 ming so‘m homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘langan.

Bundan tashqari, byudjet mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishini ta’minlashga mas’ul shaxslar talon-torojga sherik bo‘lgan. Xususan, Sirdaryo viloyati moliya boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi O.A. kollejlarning bosh hisobchilari bilan til biriktirib, soxta hujjatlar asosida 358 million so‘m homiladorlik va tug‘ish nafaqasini o‘zlashtirgan.

O‘rganishlarda jami 1 275 ta byudjet muassasasida ushbu maqsad uchun ajratilgan 3,1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ noqonuniy sarflangan.

Kiritildi: 14:50 19.10.2019. O'qildi: 3443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!