Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ana xolos! Dunyoda “ikkinchi Uxan” paydo bo‘ldi

Ana xolos! Dunyoda “ikkinchi Uxan” paydo bo‘ldi

“Amerikaning Florida shtatidagi Mayami shahri koronavirus tarqalishining yangi markaziga aylandi”, deya ma’lum qildi yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Lillian Abbo.

Bu haqda “Mediaite” nashri xabar bermoqda.

"Besh oy oldin Uxanda nimani ko‘rgan bo‘lsak, hozir buni shu yerda kuzatyapmiz", degan Abbo.

"Hozirda Florida shtatida pandemiya boshlanganidan buyon 282.435 ta koronavirus infeksiyasi holatlari aniqlangan bo‘lib, ularning 24 foizi Mayamiga to‘g‘ri kelmoqda", deydi mutaxassis.

Amerika Qo‘shma Shtatlari COVID-19 aniqlangan holatlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda kasallikning 3 milliondan ortiq holati qayd etilgan, ulardan 135 mingdan ortig‘i o‘limga olib kelgan.

Kiritildi: 22:48 14.07.2020. O'qildi: 16653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!