Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! AQShning kosmosda ham dushmani bor ekan

Ana xolos! AQShning kosmosda ham dushmani bor ekan

Rossiya va Xitoy AQSh uchun eng katta xavf tug‘diradi. Rossiya iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutmoqda va demografik vaziyat yomonlashmoqda. Shu sababli, AQSh milliy havo kuchlari shtab boshlig‘i Devid Godfeynning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat Rossiya rahbariyatiga qarshi chiqishda davom etadi va chekinish niyatida emas, deydi “The National Interest”.

Xitoy bilan bundan ham battar. Amerikaning harbiy qo‘mondoni fikriga ko‘ra, uning iqtisodiyoti barqaror va Pekin Rossiyadan ko‘ra ko‘proq eng katta xavf tug‘diradi.

Hozirda Moskva va Pekin kichik muzlatkich o‘lchamidagi yo‘ldoshlar ustida ishlamoqda. Ular boshqa kosmik kemalarga bir necha metr yaqinlashishi va ularni o‘chirib qo‘yishi mumkin. Xususan, Goldfeyn ular qatorida rus harbiy yo‘ldoshlari "Kosmos-2491", "Kosmos-2499" va "Kosmos-2504"ni keltirib o‘tdi. G‘arb ekspertlari, ular lazer bilan qurollanishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Ammo 2016 yilda Xitoy "uysiz ajdaho"ni orbitaga uchorgan edi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, bu axlat yig‘uvchi raketa, ammo manipulyator qo‘li uni raqobatchilarning yo‘ldoshlarini osongina yo‘q qilishga qodir bo‘lgan ideal qurolga aylantiradi.

Bundan tashqari, Rossiya va Xitoy kam uchadigan sun’iy yo‘ldoshlarni urib tushirishga qodir bo‘lgan qurilmalar va raketalarni ishlab chiqmoqdalar. Goldfeynning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda ushbu loyihalar Pentagon uchun haqiqiy bosh og‘rig‘iga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 22:35 10.12.2019. O'qildi: 3816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!