Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! 80 yoshli kampir bir qator qotilliklarda gumon qilinmoqda

Ana xolos! 80 yoshli kampir bir qator qotilliklarda gumon qilinmoqda

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi, Berezovka qishlog‘ida istiqomat qilib kelgan 80 yoshli Sofya Jukova bir qator qotilliklarda gumon qilinmoqda.

Joriy yilning 30 yanvarida Berezovka qishlog‘ida noma’lum odamning uzilgan qo‘li topilgan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu tana qismi Ukrainadan kelgan Vasiliy Shlyaxtichga tegishli ekani aniqlangan. U Berezovka qishlog‘ida ko‘cha tozalovchi bo‘lib ishlar va Sofya Jukovaning uyida ijarada yashardi.

Huquq-tartibot organlari xodimlari Jukovaning uyiga kelganda qotillikning bir qator alomatlariga duch kelishgan. Qon izi, pichoq va arra topilgandan so‘ng 80 yoshli pensioner jinoyatni amalga oshirganini tan olgan. 

Oradan biroz vaqt o‘tgach, tergov davomida Jukova 2005 yilda 8 yoshli qizchani o‘ldirganini aytib berdi. Qizchaning murdasi qotillikdan so‘ng bir necha kun o‘tib topilgan, ammo jinoyat ochilmay qolib ketgan edi. Kampirning aytishicha, «har doim o‘ynab, u yoq, bu yoqqa yuguraverib bezor qilgan» qo‘shni qizni aynan u o‘ldirgan.

Yaqinda kampir yana bir jinoyatni bo‘yniga oldi. 2013 yilda uning dugonasi o‘z uyini sotgan va Jukova uni yashab turish uchun uyiga taklif etadi. Ko‘chib kelgandan so‘ng esa o‘ldirib yuborgan.

Ayni vaqtda pensionerga nisbatan tergov ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 17:41 10.07.2019. O'qildi: 2415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!