Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! 23 yoshli yigit tomat pastasi tufayli koronavirusga chalinganini bilib qoldi

Ana xolos! 23 yoshli yigit tomat pastasi tufayli koronavirusga chalinganini bilib qoldi

Yangi zelandiyalik sayyoh Joshua Dent tomat pastasi tufayli koronavirusni yuqtirganini sezib qoldi. Yigitda burun oqishi, bosh og‘rig‘i, holsizlikdan tashqari ta’m bilish qobiliyatining o‘zgarishi ham kuzatildi, deb yozadi Daily Mail.

23 yoshli Yangi Zelandiya fuqarosi Londondan uyiga uchayotgan edi. Samolyotda uning mazasi qochdi. U o‘zida kuchli charchoqni sezdi, buning ustiga burni oqib, boshi qattiq og‘riy boshladi.

Biroq koronavirusni yuqtirganini Dent ovqatlanib olishga qaror qilganidan so‘ng sezib qoldi. Tomat pastasining mazasi umuman boshqacha tuyuldi.

«Tomat pastasidan metal mazasi kelardi. Men hatto boshqa firma tomonidan ishlab chiqarilgan tomat pastasini olib, yeb ko‘rdim. Lekin uning mazasi o‘zgarmadi. Metal ta’mi infeksiyadan davolanmagunimcha saqlanib qoldi», — deb hikoya qiladi Joshua Dent.

Yigitning qo‘shimcha qilishicha, kasallik davomida boshqa mahsulotlar o‘z ta’mini saqlab qolgan.

Joshuaning aytishicha, koronavirusdan sog‘ayganidan so‘ng bunga ishonch hosil qilish uchun birinchi bo‘lib tomat pastasi va kolbasali buterbrod yeb ko‘rgan.

Kiritildi: 22:15 01.04.2020. O'qildi: 4469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!